Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nijniy Novgorodda Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi tashkil etiladi

Nijniy Novgorodda Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi tashkil etiladi

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmati

Nijniy Novgorodda Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi tashkil etiladi. Nijegorod davlat lingvistika va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlari rektorlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida bu borada kelishuvga erishildi. Bu haqda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmati xabar berdi. 

2018-yilning 18-19-oktyabr kunlari poytaxtimizda O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliygohlari tashabbusi bilan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilgan edi. Mazkur Forum doirasida Rossiyaning Nijegorod davlat lingvistika universiteti (NDLU) va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolangan bo‘lib, joriy yilning 21 yanvar kuni NDLU rektori Boris Jigalov hamda NDLU kasbga yo‘naltirish markazi rahbari, siyosatshunoslik fanlari nomzodi Kolobova Svetlana Anatolevna tashrif buyurdi. 

Tashrif chog‘ida ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, amaliy ishlar salmog‘ini yanada oshirish va kelgusi o‘quv yilidan boshlab turizm, tarjima, xalq diplomatiyasi, sotsiologiya sohalari bo‘yicha magistratura va bakalavriatura yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar bildirdi.

Qolaversa, Nijniy Novgorod shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etish taklifi mehmonlar tomonidan qo‘llab quvvatlandi. Yosh va iqtidorli kadrlarni NDLU aspiranturasida o‘qishlari uchun imkon yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham ijobiy hal etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring