Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nokautchi bokschimiz yengilmas raqibini uchinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Nokautchi bokschimiz yengilmas raqibini uchinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Foto: «boxingnews24»

Hozirgina bokschimiz Shohjahon Ergashev AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Nyu-York shahridagi «Turning Stone Resort Casino» arenasida o‘tkazilgan boks kechasida hamyurtimizga hali birorta jangini boy bermagan bokschi amerikalik Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs)  raqiblik qildi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning dastlabki raundlaridan bokschimiz ustunlikni qo‘liga oldi.

Uchinchi raundda Shohjahon keskin hujumga o‘tdi va o‘zining ketma-ket aniq zarbalari bilan raqibini texnik nokautga uchratdi.  

Bu Shohjahon Ergashevning professional ringdagi 12-g‘alabasi bo‘ldi. E’tiborlisi, u janglarining barchasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring