Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nokia» kompaniyasi Barselonadagi ko‘rgazmada «aqlli» kurtkani namoyish etdi

«Nokia» kompaniyasi Barselonadagi ko‘rgazmada «aqlli» kurtkani namoyish etdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Nokia» kompaniyasi Janubiy Koreyaning mashhur kiyim-kechak brendi «Kalon» bilan hamkorlikda yaratgan «CHASE LifeTech FR» kurtkasini Barselonada bo‘lib o‘tayotgan MWC 2018 ko‘rgazmasida taqdim etdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Ushbu kurtka o‘t o‘chiruvchilar yoki qutqaruvchilarining maxsus kiyimiga o‘xshaydi, biroq uning o‘ziga xos jihati ham bor. Kurtkada yurak urishini, tana haroratini nazorat qiluvchi datchiklar, GPS va akselerometr bor. Bularning barchasi kurtka yengidagi unchalik katta bo‘lmagan modulda joylashgan. Shu bilan birga bu kabi konstruksiyalarni boshqa kerakli funksiyalarga almashtirish imkoniyati ham mavjud.

«Nokia» kurtkalarini oddiy odamlar uchun chiqarish mumkin, biroq u qutqaruv operatsiyalari yoki falokat vaqtlarida ko‘proq foyda beradi. Masalan, yengga o‘rnatilgan datchik xonadagi tutun darajasini aniqlashi va bu kabi kurtkalarni o‘t o‘chiruvchilarga taqdim etishi mumkin. Agarda qondagi kislorodni aniqlaydigan datchik o‘rnatilgudek bo‘lsa, og‘ir vaziyatlarda jarohat olgan insonning aholini nazorat qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Barcha ma’lumotlar ahvoli og‘irlashgan bemor haqida shifokorlarga maxsus qurilamalar oqali uzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring