Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyev: «Li Kuan Yuni ham avtokrat deb atashgan edi»

Nursulton Nazarboyev: «Li Kuan Yuni ham avtokrat deb atashgan edi»

Foto:«TRT»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada bo‘lib o‘tgan majlisda bayonot berar ekan, demokratiyani o‘rnatish birdaniga bo‘ladigan jarayon emasligini aytdi. O‘z chiqishida u AQSh tarixiga to‘xtalib o‘tdi.

«Ruxani jangiru» («Jamiyat dunyoqarashini modernizatsiyalash») davlat dasturining bir yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda  Nazarbayev Qozog‘iston «butun dunyo singari demokratiya yo‘lidan borayotganini» ta’kidladi.

«Men mustaqillikning ilk yillaridan boshlab mamlakatni boshqarib kelayapman, xalq ishonchini oqlayapman. G‘arbda bir necha bor: "Xuddi biz kabi, Amerika, G‘arb kabi demokratiyani tatbiq etinglar" deyishdi. Biz qozoqlar amerikalik, nemis, ingliz emasmiz. Bu nima degani?» — dedi Nazarboyev. «Bizning o‘zimizga yarasha dunyoqarashimiz, tariximiz, tilimiz, dinimiz, an’analarimiz bor», — dedi u so‘zlariga qo‘shimcha qilar ekan.

Shu bilan birga u: «Bir kunda biz ming yillik tartibni buzib o‘ta olmaymiz», — dedi. «Qo‘shma Shtatlarga necha yil bo‘ldi? 250? 50 yil muqaddam oq va qora tanlilar bir avtobusda o‘tira olmasdi. Ayollar saylovlarda ishtirok etmasdi. Nima uchun siz bularni esdan chiqarasiz?» — deya bayonot berdi Nazarboyev.

U Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yuni «an’analarni hurmat qilishga» chaqirgani bois avtokrat deb atashganini eslatib o‘tdi. «Mening marhum do‘stim Li Kuan Yuni umr bo‘yi diktator, avtokrat deb atashgan. Kim avtokrat? Besh yildan so‘ng yana saylangan kishini qanday qilib diktator, avtokrat deb atash mumkin? Bizning o‘z yo‘limiz bor», — deya bayonot berdi Nazarboyev.

Bu  Nazarboyevning Qozog‘iston taraqqiyotini G‘arb bilan birinchi taqqoslashi emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring