Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-Yorkda vertolyot osmono‘par binoga urildi (video)

Nyu-Yorkda vertolyot osmono‘par binoga urildi (video)

Foto: «Ria.ru»

Amerikaning Nyu-York shahrida vertolyot osmono‘par binoga urildi. Baxtsiz hodisa kecha, 10 iyun sanasida ro‘y bergan.

Guvohlar ushbu holatni videotasvirga olishgan. Unga ko‘ra og‘ir ob-havo sharoitida uchuvchi vaziyatni nazorat qilib turishga harakat qilganini ko‘rish mumkin. Ammo xavfsiz qo‘nishning iloji bo‘lmagan, shamol natijasida vertolyotning oldi qismi deyarli pastga qarab qolgan edi.

Natijada vertolyot Manxettendagi 54 qavatli binoga urilgan. To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqdi. Uchuvchi halok bo‘lgan, binodagi odamlar esa evakuatsiya qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring