Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Suriyaning 400 dan ortiq askari Afrin mintaqasiga joylashtirildi

OAV: Suriyaning 400 dan ortiq askari Afrin mintaqasiga joylashtirildi

Foto: «EADaily»

Suriya qo‘shinlari tarafida jang qiluvchi xalq jangchi bo‘linmalari chorshanba kuni Halabdan 65 km uzoqlikda joylashgan, kurdlar istiqomat qiladigan Afrin mintaqasidagi jangovar pozitsiyalarni egallagan. Bu haqda «Al Mayadeen» telekanali «Xalq mudofaa kuchlari» qo‘mondonligiga tayanib xabar bermoqda, deya yozmoqda TASS.

Telekanal xabariga ko‘ra, Afringa yuborilgan Suriya jangchilari soni 400 dan oshadi.

Seshanba kuni Suriyaning SANA axborot agentligi Suriya armiyasi tarafida bo‘lgan jangchilar Halabdan Afrin shahriga kela boshlaganini ma’lum qildi. Agentlikning ta’kidlashicha, «jangchilar ushbu shaharga turk rejimining agressiyasiga qarshi kurashda aholiga dalda bo‘lish uchun yuborilgan».

Damashqning bunday harakatlariga rasmiy Anqara norozilik bildirdi. Turkiya prezidenti ma’muriyatining rasmiy vakili Ibrohim Kalin chorshanba kuni Suriya hukumati kuchlari yoki hukumatparast kuchlarning Afringa kirishga urinishining oqibati yaxshi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi.

Turkiya 20-yanvar kuni Suriyaning shimolidagi kurd jangarilariga qarshi «Zaytun novdasi» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bosh shtab rahbariyatining ma’lumotiga ko‘ra, qurolli kuchlar bir oyda 1780 nafar terrorchini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring