Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo ma’lumoti: 3-yanvar kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin

Ob-havo ma’lumoti: 3-yanvar kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin

Foto: «Darakchi.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 3-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi +2 - +4 daraja, kunduzi +13 - +15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +7 - +12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +8 - +13 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +10 - +15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatilarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi +3 - +8, kunduzi +13 - +18 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati kechasi -3 - +2 daraja sovuq, kunduzi +8 - +13 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 0 - +5 daraja, +3 - +8 daraja, nurafshonda esa kunduzi +10 - +15 daraja ilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring