Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ob-havo ma’lumoti: issiq kunlar boshlanmoqda

Ob-havo ma’lumoti: issiq kunlar boshlanmoqda

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 10-mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +12 daraja, kunduzi +20 ... +22 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +10 ... +15, Urganchda kechasi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +12 ... +17 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +17... +22 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +12 ... +17 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja icciq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qamchiqda havo harorati kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10, Chimyonda kechasi +1 ... +6, kunduzi +8 ... +13 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +7 ... +12, kunduzi +17 ... +22 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring