Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odamlar yetishmayapti. Janubiy Koreya armiyasidagi bir qism harbiylar o‘rnini robotlar egallaydi

Odamlar yetishmayapti. Janubiy Koreya armiyasidagi bir qism harbiylar o‘rnini robotlar egallaydi

Foto: «NV.ua»

Janubiy koreyalik harbiylar 2024-yildan boshlab odatdagi harbiy qismlarda boshqaruvchisiz ishlaydigan jangovar tizimlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Bu aholining kamayib ketayotgani sabab amalga oshiriladi, deb xabar berdi «NV.ua».

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning boshida harbiylar odamlardan va robot tizimlardan yaratilgan jangovar bo‘linmalarning ta’siri o‘rganib, natijalarni Mudofaa vazirligining vakiliga yetkazishgan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, minalarni aniqlashda dronlardan, uchuvchisiz boshqariladigan razvedka vositalaridan va robotlardan foydalanish mumkin. Mudofaani rivojlantirish agentligi (ADD) mazkur tizimlar va unga bog‘liq texnologiyalar ustida ish olib bormoqda.

Tadqiqot xulosasida yozilishicha, uchuvchisiz boshqariladigan razvedka mashinasi 500—600 nafar askarning ishini bajarishga qodir. Shuningdek, «K9 Thunder» gaubitsalaridagi jangovar turellarni (pulemyotlar va kichik kalibrli avtomatlar o‘rnatiladigan moslama) mutlaq avtomatlashtirish 2 ming nafar odam o‘rnini egallaydi. Harbiy amaldorlardan birining aytishicha, bu turdagi turel uch yil ichida yaratilishi mumkin.

Ayni vaqtda Janubiy Koreyada demografik inqiroz sodir bo‘lmoqda. Bugungi kunda mamlakat aholisi 50 millionga yaqin. BMT bashoratlariga ko‘ra, 2050 yilga borib, mamlakat aholisi 40 millionga tushib ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring