Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogiron ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan jamoat fondi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogiron ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan jamoat fondi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Foto: «Sangzor.uz»

Adliya vazirligi tomonidan Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.


Mavzuga doir:
Bolasini o‘ldirganni vahshiy deymiz... Nogiron farzandiga qaragan onaga esa ish stajini hisoblamaymiz


Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslariga ko‘maklashish hisoblanadi.


Mavzuga doir:
To‘rt yildan buyon ko‘chaga chiqmagan ayol


Eslatib o‘tamiz, mazkur fondni tashkil etish O‘zbekiston  Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan edi.


Mavzuga doir:
Onasini va singlisini urayotgan o‘g‘illar... oqibatni unutmang deymiz?!


 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring