Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Mirabror Usmonovning oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi

Shavkat Mirziyoyev Mirabror Usmonovning oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov shu yil 15-mart kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etgan haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev marhum xonadoniga tashrif buyurib, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz marhumning ezgu ishlarini yodga oldi.

– Mirabror Usmonov mustaqilligimizning og‘ir-yengil kunlarini tortgan, xalqimizga, Vatanimizga katta xizmatlar qilgan ulug‘ inson edi. Odamlarga qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilardi. Oilasiga, yurtiga, davlatga sadoqatli edi. Keyingi paytlarda sog‘ligi yaxshi bo‘lmasa ham Senatning hamma majlislarida qatnashishga harakat qildi, foydam tegsin derdi, – dedi davlatimiz rahbari.

Ta’ziyaga yig‘ilganlar Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring