Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oila» markazidagilarga «Spark» mashinalari berildi

«Oila» markazidagilarga «Spark» mashinalari berildi

Foto: O‘zA

Farg‘ona viloyatidagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining shahar va tuman bo‘linmalariga «Spark» avtomashinalari topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘tgan davr mobaynida «Oila» markazining Farg‘ona viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrishlarning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

«Spark» avtomashinalari «Oila» markazlari shahar va tuman bo‘linmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida topshirilgan.

Marosimda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqqan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring