Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: 2025 yilga borib smartfon kameralari devor ortini ham ko‘rsatadigan bo‘ladi

Olimlar: 2025 yilga borib smartfon kameralari devor ortini ham ko‘rsatadigan bo‘ladi

Smartfon kameralari insonning tana qismlarini 2-3 soniya ichida skanerlashi mumkin.

Foto: «Digital Trends»

CES-2018 ko‘rgazmasidan so‘ng, bir qator olimlar shunday xulosaga kelishdi: insoniyat yaqin orada ulkan texnologik inqilobni kuzatadi. CES-2018 ko‘rgazmasini kuzata bir qator olimlar shunday xulosaga kelishdi: insoniyat yaqin orada ulkan texnologik inqilobni kuzatadi. Smartfon kameralari bosh suyagini 2-3 soniya ichida skanerlashi mumkin, shuningdek, devorlar ortini ham ko‘rsatadigan bo‘ladi. 

Massachusets texnologiyalar instituti tadqiqotchilarining so‘zlariga ko‘ra, yangi avlod qurilmalari yuqori texnologiyalarga ega bo‘ladi. Olimlar 2-3 yil ichida smartfonlar hayvon yoki insonning tana qismlarini skaner qilishga imkon beradigan maxsus dasturlar va jihozlar yaratilishiga e’tibor qaratmoqdalar.

Qurilmalarda «teplovizor»dan foydalaniladi, tadqiqotlarning esa sifati yaxshilanadi. Mutaxassislar gadjetlar yordamida devor orqasida joylashgan ob’yektlar va narsalarni skanerlash mumkin deb hisoblaydilar. Buning uchun maxsus dachiklardan foydalaniladi, ular devorlarga mustahkamlanadi. Issiqlik va ultrabinafsha nurlar manzarani to‘siqdan ortidan ko‘rish imkonini beradi.

Bu kabi texnologiyani Massachusets olimlari hozirda juda kam holatlarda ishlatishmoqda. Asosiy e’tibor qattiq sirtli devor ortini ko‘rishga imkon beruvchi kameraga ega smartfon prototipini yaratishga qartilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring