Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar zo‘ravonliklardan himoya qilishga qodir uskunani yaratdi

Olimlar zo‘ravonliklardan himoya qilishga qodir uskunani yaratdi

Olimlar jinsiy zo‘ravonliklar, yomon odatlarga qarshi kurashish niyatida.

Foto: «Aif.ru»

Stenford universitetining tibbiyot maktabi tadqiqotchilari ta’sirchan xatti-harakatlarni boshqaruvchi bosh miya faolligini susaytirishga qodir qurilmani yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Uning yordamida olimlar jinsiy zo‘ravonliklar, yomon odatlarga qarshi kurashish niyatida. Ilmiy ish hisoboti universitet saytiga joylashtirildi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Tibbiyot xodimlari o‘z tadqiqotlarida miya yadrosiga yaqin bo‘lgan joyni — berilishi mumkin bo‘lgan mukofot sababli mamnuniyat hissini paydo qiluvchi sohani o‘rgandi. Ular ta’sirchan xatti-harakatlar amalga oshirilishidan bir necha soniya oldin paydo bo‘ladigan elektr signalni aljratib olishga erishdi.

Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar vaqtida ularning boshiga elektrodlar o‘rnatildi, bu ularning miya sohasiga ta’sir qilib, ovqatlanish vaqtida rohatni his qilmaslikni ta’minlaydi. Natijada oldinlari kaloriyali ovqatlarni tinimsiz yeydigan kemiruvchilar o‘zini yegulikdan tiya boshlagan.

«Ushbu impulslar insonning omon qolishi uchun juda muhim. Ular odamni o‘zining yegulik, uyqu va jinsiy ehtiyojini qondirish uchun harakat qilishga majbur qiladi», — dedi tadqiqot muallifi Keysi Xalpern. Uning ta’kidlashicha, ba’zi hollarda bu signallar ijtimoiy xavfli harakatlarga olib borishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring