Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: «UzNews.uz»

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi 13-bandi, «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 63-moddasiga asosan, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Oliy sud sudyaligiga taklif etilgan nomzodlarni bittama-bitta tanishtirdi.

Senatorlar Abdumo‘min Abdullayev, Volida Axtamova, O‘ktam Tirkashev, Ilxomjon Rahmonqulov, Saylovboy Mambetkadirov nomzodlarini ma’qulladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring