Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«OPPO Find X» — 15 daqiqada 100 foiz quvvat oluvchi smartfon

«OPPO Find X» — 15 daqiqada 100 foiz quvvat oluvchi smartfon

Foto: «YouTube.com»

Xitoylik insayderlar «OPPO Find X» flagmanining texnik tavsiflariga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qurilma kompaniyaning eng ilg‘or texnologiyalari bilan jihozlanadi, deb xabar berdi «4PDa».

«OPPO Find X» ga 6,43 dyuymli displey, sakkiz yadroli «Qualcomm Snapdragon 845» protsessori, 5 gigabayt tezkor xotira va 256 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, smartfonga besh karrali optik yaqinlashtirgichga ega ikkitalik kamera o‘rnatiladi. Bunda olinayotgan tasvirning sifati umuman buzilmaydi. Mazkur texnologiya 2017 yilning boshida namoyish etilgandi.

Smartfonning yana bir o‘ziga xos jihati — unga 3500 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator o‘rnatiladi. U «Super VOOC» tezkor quvvatlanish texnologiyasi bilan jizohlangan bo‘lib, 15 daqiqa ichida akkumulyatori 100 foiz quvvat oladi.

«OPPO Find X»ning ommaga taqdim etilish sanasi hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring