Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy Tramp va Putinning uchrashuviga atab jetonlar chiqardi

Oq uy Tramp va Putinning uchrashuviga atab jetonlar chiqardi

Foto: «korrespondent.net»

Oq uy AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning iyulda Xelsinkida bo‘lib o‘tgan uchrashuviga atalgan esdalik jetonlarini chiqardi. Jetonlarga Oq uy rasmiy do‘konining saytida buyurtma berish mumkin. Aytilishicha, jetonlar 100 dollar turadi.

Jetonlar suratini «New York Times» muxbiri Kennet Vogel «Tvitter»dagi sahifasida e’lon qilgan.

Tangachalarda Rossiya va AQSh bayroqlari fonida Xelsinkidagi muzokaralar binosi tasvirlangan, shuningdek, prezidentlarning ismlari ham o‘yib yozilgan. Bundan tashqari, rus tilida «Yuqori darajadagi uchrashuv» va ingliz tilida «Oq uy va Kremlning sammiti» deya qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring