Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchi Oq uyni savodsizlikda aybladi

O‘qituvchi Oq uyni savodsizlikda aybladi

Foto: «AP»

Shimoliy Karolina shtatida yashovchi, ayni paytda pensiyadagi o‘qituvchi ayol Ivonn Meyson Oq uydan kelgan xatlardan topgan xatolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

O‘qituvchining ta’kidlashicha, xatda xatolar juda ko‘p: 11 marta bosh harf to‘g‘ri qo‘llanmagan, mazmunni buzuvchi uslubiy takrorlar beo‘rin ishlatilgan. Meyson xatdan o‘zi ilgari surgan taklif va savollarga jo‘yaliroq javob olmaganini ham yashirmagan.

Bu maktub ayolning Trampga Florida maktabidagi otishmada halok bo‘lganlarning oilalari bilan shaxsan uchrashish taklifini bildirib yozgan xatiga kelgan javob edi.

Sobiq o‘qituvchi bunaqa matn uchun C yoki D bahosini qo‘ygan bo‘lardim degan. Bu uch yoki undan ham past baho.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring