Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘qituvchilarni paxtaga yuborish ortida korrupsiya turibdi» (video)

«O‘qituvchilarni paxtaga yuborish ortida korrupsiya turibdi» (video)

Foto: «Nuz.uz»

«O‘zbekiston» teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan «Munosabat» ko‘rsatuvining navbatdagi soni ta’lim sohasiga bag‘ishlandi.

Ko‘rsatuvga ekspert sifatida chaqirilgan psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulbahor Qo‘ldosheva o‘qituvchilarni paxtaga jalb etish ortida korrupsiya yotganini ta’kidladi.

«O‘qituvchilar judayam xursand. Nima uchun deganda, endi haqiqat yuzaga chiqar ekan, deyishyapti.

Paxta masalasi — bizning eng yuragimizga botadigan, vaqtimizni oladigan jarayon bo‘ladi. Lekin Prezidentimiz tomonidan hozirgi kunda ularning jalb qilinmasin degani, bir yoqlama bo‘lib qoldi.

Judayam achinarli hol — o‘qituvchilarni nomiga paxtadan ozod qilishdi, lekin buning orqasida baribir korrupsiya turibdi.

Masalan, har bitta o‘qituvchidan kamida bitta oylik maoshi ushlab qolinadi. O‘qituvchi paxtaga bormasayam pulini berishi kerak. Buni Toshkent viloyatidagi barcha o‘qituvchilar baralla ta’kidlashi mumkin. Boshqa viloyatlardayam bunaqa holat bo‘lishi mumkin.

Nima uchun o‘qituvchini jalb qilishimiz kerak? Ustoz o‘zining ustida ishlamasa, ketmon chopsa, qog‘ozbozlik bilan shug‘ullansa... Kommunal to‘lovlarni qarang endi: ming kilovattlab gazga yoki boshqa to‘lovlarga to‘lab qo‘ygan o‘qituvchidan yana ortiqcha pul olinsa, uning xolodilnigi bo‘sh bo‘lsa, puli yetmasa, metalolomga har bitta o‘qituvchidan 80 ming so‘mdan ushlab qolsa, (hozirgi kunda ham bor bu narsa!) makulaturaga ushlab qolsa, har bitta singan oyna uchun o‘qituvchi mas’ul bo‘lsa, qani baza?!», — dedi ko‘rsatuv ishtirokchisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring