Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oqtepa mahallasidagi Bahor berk ko‘chasi mas’ullar nazaridan chetda qolmoqda (video + foto)

Oqtepa mahallasidagi Bahor berk ko‘chasi mas’ullar nazaridan chetda qolmoqda (video + foto)

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» tahririyatiga o‘quvchilardan ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Elektron manzilimizga kelgan xatlardan birini Toshkent shahrida yashovchi fuqaro jo‘natibdi. Fotosuratlari ham ilova qilingan maktubda poytaxtning Yunusobod tumani Oqtepa mahallasi Bahor berk ko‘chasidagi muammolar tilga olingan.

«Yunusobod tumani Oqtepa mahallasiga qarashli Bahor berk ko‘chasi 1992-yildan beri asfalt qilinmagan. Atrofdagi boshqa ko‘chalar har 4-5 yilda asfaltlansa-da, negadir bu ko‘cha ko‘zdan panada qolib ketayapti. Kamiga suv quvurlarimiz eskirib ketgandi.

Yaqinda shu ko‘chada yashovchi har bir xonadondan 1,8 million so‘mdan yig‘ib suv quvurlarini almashtirdik, hali mahallamizga yetib kelmagan kanalizatsiya uchun quvur o‘tkazdik. Kanalizatsiyaga qachon ulanishimiz ham noma’lum, atrofdagi mahallalar esa ulangan.

Yomg‘ir, qor yoqqanida ko‘chada yurish piyodalar tugul mashinalar uchun ham og‘ir. Ayniqsa, maktab, bog‘chaga boruvchi bolalarga qiyin. Oxiri bir amallab shag‘al yotqizdik.

Endi ko‘chani asfalt qilish kerak. Hisoblab ko‘rsak, har bir xonadondan 2 million so‘mdan yig‘ishimiz kerak ekan. Ko‘chadagi xonadonlarda boquvchisiz, qariya va pensionerlar ham yashaydi, ular buncha pulni qayerdan oladi?

Yunusobod tuman hokimligiga bu borada qilgan murojaatimizga esa mablag‘ yo‘q degan javob oldik. Iltimos, murojaatimizni «Xabar.uz»da yoritsangiz, zora mutasaddilar o‘qib, muammomizga yechim topib berishsa», — deyiladi maktubda.

Ko‘chaning oldingi holati.
Ko‘chaga shag‘al to‘kilgandan keyingi holat.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring