Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmazorda o‘quvchi maktab direktorini kaltaklagani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Olmazorda o‘quvchi maktab direktorini kaltaklagani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Foto: «Sputnik»

2018-yil 31- mart kuni «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom» guruhida Sa’dullayev Oybek ismli foydalanuvchi tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumani 315-sonli maktab direktorini 9-sinf o‘quvchisi kaltaklagani haqida post qoldirildi.

Xalq ta’limi vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. Unda keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmadi. Maktab rahbari va o‘quvchi o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik sodir bo‘lmagan.

Shuningdek, maktab direktori tomonidan tikuv mashinalarining talon-taroj qilingani hamda o‘qituvchilarga beriladigan mukofot pullari o‘zlashtirilgani to‘g‘risidagi vajlar mas’ul idora vakillaridan iborat maxsus guruh tomonidan o‘rganilganda tasdig‘ini topmadi.

Foto: «Feysbuk» / Xalq bilan muloqot

Muallif tomonidan qoldirilgan postda maktab rahbarini obro‘sizlantirish va unga nisbatan tuhmat qilish alomatlari borligi sabab hozirda ushbu ish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruvlar yakunida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Vazirlik fuqarolarning tizimiga oid taklif-mulohaza va fikrlarini qadrlashi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doim tayyorligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring