Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rtacha oylik ish haqi qaysi sohada eng yuqori?

O‘rtacha oylik ish haqi qaysi sohada eng yuqori?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 1,5 mln. so‘mdan oshgani haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, qaysi sohada ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal ish haqi eng yuqori?

Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil birinchi chorak yakunlariga oid ma’lumotida keltirilishicha, 2017-yil bilan taqqoslanganda o‘rtacha oylik nominal ish haqining eng yuqori o‘sishi aloqa va axborotlashtirish sohasida kuzatilgan — 28,9 foiz.

Shunday qilib, o‘rtacha oylik nominal ish haqi eng yuqori sohalar:

  • aloqa va axborotlashtirish — 2,77 mln so‘m;
  • moliyaviy va sug‘urta — 2,72 mln so‘m;
  • sanoat — 2,31 mln so‘m.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring