Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ostankino» telemarkazi portlash xavfi tufayli tekshirilmoqda

«Ostankino» telemarkazi portlash xavfi tufayli tekshirilmoqda

Foto: «TASS»

Moskva shahridagi «Ostankino» telemarkazi ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish xizmati tomonidan tekshirilmoqda. TASS tomonidan bildirilishicha, telemarkazda portlovchi modda borligi haqida anonim xabar kelib tushgan.

«Noma’lum shaxs telemarkazga bomba qo‘yilgani haqida ma’muriyatga xabar bergan. Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining shoshilinch xizmati mutaxassislari yetib kelishgan va ish olib borishmoqda", — deyiladi xabarda.

Oxirgi oylarda Moskva shahridagi turli binolarda portlash xavfi borligi haqida bir necha bor anonim xabar kelib tushgan edi. Ularning barchasi tekshiruvdan o‘tkazilgan, ammo birorta joydan portlovchi modda topilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring