Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘ttiz ikkita oila yarashtirildi. Yaxshi-ku...

O‘ttiz ikkita oila yarashtirildi. Yaxshi-ku...

Foto:«Zarnews.uz»

Kuni kecha Oliy sud raisi o‘rinbosari X.Yodgorov va Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G.Marufova Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, notinch oilalar va ularning muammolarini o‘rganish va yarashtirish maqsadida ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazishdi.

Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, olib borilgan tadbir va xos suhbatlar natijasida  32 ta alohida yashab yurgan er-xotinlar yarashtirildi. Eng muhimi, ushbu oilalarning 67 nafar farzandlar ham ota-onasi bag‘rida ulg‘ayadigan bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir  ishtirokchilariga oila, mehnat qonunchiligi, meros masalasida tushuntirishlar berildi.

Darhaqiqat, qachonki oilalar tinch va farovon bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va faravonlik bo‘ladi. Shuning uchun ham oila, uning mustahkamligi jamiyatimizda alohida e’tibor qaratiladigan qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring