Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlarining ko‘payishi oyliklarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Dam olish kunlarining ko‘payishi oyliklarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O‘n ming so‘mlik kupyura

Foto: «Kun.uz»

Avval xabar berganimizdek, kecha, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidentining «2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingan edi. Mazkur hujjatga ko‘ra, 2018 yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlari ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilmoqda.

Natijada 2018 yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko‘chirish orqali ta’minlanadi. Natijada O‘zbekiston fuqarolari: Yangi yilda — 5 kun, Navro‘z bayramida — 5 kun, Mustaqillik kunida — 5 kundan dam oladilar.

Bu haqda xabar berganimizdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali o‘quvchilarimizdan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar nimaning hisobidan olinishi, bu kunlar uchun oylik ish haqi saqlanib qolish-qolmasligi borasida ko‘p savollar oldik. Xo‘sh, bu xavotirlar qanchalik o‘rinli?

Farmonda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari kunlariga qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta’tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartilishi hisobiga qoplanishi ko‘zda tutilayotgani belgilangan. Bunda: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 134-moddasida belgilangan mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi (15 ish kuni); davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan, belgilangan mehnat ta’tilining qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarini qo‘shish yo‘li bilan xodimga yillik mehnat ta’tili davomiyligiga berilishi lozim bo‘lgan to‘lovlar miqdori saqlanishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, 2018-yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga qo‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan, kelgusi yili o‘zbekistonliklar Ramazon va Qurbon hayitlarida ketma-ket uch kun dam olishi allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Mazkur holatda Mehnat kodeksining 131-moddasida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hafta kunlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda bayram sanalari bilan bog‘liq bo‘lgan dam olish kunlaridan uzluksiz va samarali foydalanish maqsadida shu kundan e’tiboran ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga to‘g‘ri kelgan yaqin ish kunlariga ko‘chirish bo‘yicha har yili belgilanadigan sanalarni ko‘chirish tartibi, shuningdek, ish vaqtining Kalendarini ishlab chiqish va tasdiqlashda turli ish rejimlarida ish kunlari va soatlarining soni belgilanishi bilan joriy qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring