Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi rahbari ishdan ketdi

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi rahbari ishdan ketdi

Foto: «O‘zavtosanoat»

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida xabar berildi.

Ishdan bo‘shatilishga Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda keltirilgan avtomobil sanoatining barcha darajadagi boshqaruvida korrupsiya, tovlamachilik, tanish-bilishchilik kabi illatlar tomir otib ketgani kabi omillar sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, «O‘zavtosanoat»ga avval Bosh prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatgan Shavkat Umurzoqov rahbar bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring