«Abdullajon», «Suyunchi» filmlari ssenariysi muallifi Rixsivoy Muhammadjonov vafot etdi
O‘zbekiston davlat san’at arbobi, rejissyor, kinossenarist Rixsivoy Muhammadjonov vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro «Facebook»dagi sahifasida xabar berdi.
Rixsivoy Muhammadjonov 1940-yil 30-noyabr kuni tug‘ilgan. «Abdullajon», «Suyunchi», «Tangalik bolalar», «Chinor ostidagi duel»,«Osmon yaqin», «Sotqin» va boshqa mashhur filmlarda ssenariy muallifi bo‘lgan.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter