Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyadagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyadagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 20-21 iyun kunlari Gruziya poytaxti Tbilisida «Raqamli hukumat sohasida hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muhitdinov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Mazkur forum Qozog‘istondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi (MOIS) va Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) tomonidan Ostana davlat xizmati xabining bilim va tajriba almashish platformasi salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi hududiy loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Hududiy loyiha maqsadi – Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Tojikiston va O‘zbekiston) va Kavkaz davlatlari (Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya)da davlat boshqaruvi va raqamli davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat xizmatchilarining bilim va salohiyatini oshirish orqali aholining turmush darajasini yaxshilashga hissa qo‘shishdan iborat. Loyiha uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib (2021-2023), uning doirasida tadqiqotlar, konferensiyalar, forumlar, o‘quv seminarlari va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tbilisidagi tadbirda Koreya va Gruziya raqamli hukumatlarining ilg‘or tajribalari taqdim etildi hamda hududiy loyiha ishtirokchi davlatlarining raqamlashtirishga doir yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashildi.

Ma’lumot o‘rnida:

Ushbu forumda Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Sang-min Li, Gruziya adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Tamar Tkeshelashvili, Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirining o‘rinbosari Aset Turisov va hududiy loyiha ishtirokchi davlatlarining tegishli davlat tashkilotlari rahbar va mutaxassislari ishtirok etdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring