Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston musulmonlari idorasida o‘tgan matbuot anjumani tafsilotlari

O‘zbekiston musulmonlari idorasida o‘tgan matbuot anjumani tafsilotlari

Foto: «muslim.uz»

14-aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «O‘zbekiston – diniy ma’rifat va qadriyatlar yurti» mavzusida din sohasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, ilmiy maktablar rahbar xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda mamlakatimizda diniy sohada olib borilayotgan islohotlar hamda diniy ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. So‘zga chiqqan notiqlar bugungi kunda xalqimizning imon-e’tiqodini mustahkamlash, diniy savodxonligini oshirish, Islom ta’limotini keng targ‘ib etish, yoshlarni dinu diyonatli qilib tarbiyalash va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring