Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Tojikistonga tashrif buyurdi

Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Tojikistonga tashrif buyurdi

Foto:«UzNews.uz»

O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bugun, 12-iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati asoslanib «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ixtiyor Abdullayevni poytaxt aeroportida Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov kutib olgan.

Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuv davomida terrorizmga qarshi kurash, davlat chegaralarini muhofaza qilish, o‘zaro axborot almashish masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston DXX rahbari Rog‘un GESi barpo etilayotgan hududga tashrif buyurishi va u yerda qurilish ishlarining borishi bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring