Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ilk medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ilk medalini qo‘lga kiritdi

Bugundan Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari boshlandi. Hamyurtlarimiz o‘yinlarning ilk kunida bir necha sport turida medallar uchun kurash olib borishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytiga ko‘ra, erkin kurash bo‘yicha -65kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Sirojiddin Hasanov ushbu Osiyo o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Sirojiddin dastlabki jangida hindistonlik Bayrangga 3:13 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Biroq hind sportchisining finalgacha yetib borishi Sirojiddinda medallar uchun kurashish imkoniyatini paydo qildi. Shu tariqa u o‘tish jangida Tojikiston terma jamoasi a’zosi Abdulqosim Fayziyevni 10:0 mag‘lub etdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa mo‘g‘ulistonlik Batmagnai Batchulundan 10:6 hisobida ustun keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hasanovning medali O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun XVIII Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki medal bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring