Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Shveysariyaga qancha oltin sotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Shveysariyaga qancha oltin sotgani ma’lum bo‘ldi

Foto:«Sputnik»

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston eksporti 2,9 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan qariyb yarmi (49 foizi) Shveysariyaga oltin eksport qilish hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yurtimizda to‘lov balansi metodologiyasi bo‘yicha tovarlar eksporti 2,6 milliard dollar, importi esa 3,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Mahsulotlar importi hajmining oshishi ishbilarmonlarning iqtisodiyotning norasmiy sektoridan bank sektoriga o‘tishi, shuningdek, xorij valyutasidagi kreditlar ko‘magida korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish hisobiga bo‘ldi.

Eksport tovarlarining umumiy hajmida oltin (1,3 milliard dollar) va gaz (487,2 million dollar) ustunlik qilib, ular eksport summasining 61 foizini qamrab oldi.

Xalqaro bozorlarda shakllangan oltin va gaz narxlari mamlakatning umumiy eksporti hajmiga sezilarli ta’sir qilgan bo‘lsa, Shveysariya o‘zbek tillasi eksport qilingan asosiy mamlakatga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring