Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston so‘nggi 10 yildagi zilzilalardan 84 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Qurbonlar ham bo‘lgan

O‘zbekiston so‘nggi 10 yildagi zilzilalardan 84 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Qurbonlar ham bo‘lgan

So‘nggi 10 yil mobaynida respublikada jami olti marotaba 6 - 8 balli zilzilalar sodir bo‘lgan, natijada qurbonlar soni 16 kishini, jabrlanganlar soni 54 kishini, iqtisodiy zarar esa 84 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan FVV, Qurilish vazirligi hamda O‘zFA Seysmologiya instituti vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ulardan eng yiriklari – 2011-yildagi Kon zilzilasi (8 ball), 2013-yildagi Tuyabug‘iz (7 ball) va Marjonbuloq (8 ball) zilzilalari, 2016-2017 yillardagi Kitob va Baxmal zilzilalari (7 ball) hamda 2022-yildagi Boysun zilzilasi (6 ball) hisoblanadi.

Matbuot anjumanida bildirilishicha, O‘zbekiston geologik joylashuviga ko‘ra, O‘rtayer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylashgan. Shu boisdan, respublikamiz va unga chegaradosh hududlarda tez-tez zilzilalar sodir bo‘lib turishi tabiiy hol sanaladi. Ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz hududlarida 1900-yildan shu kunga qadar 60 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan) zilzilalar sodir bo‘lgan.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 2023-yil 1-yanvardan bugungi kungacha magnitudasi (M= 2.8-6.8) bo‘lgan 250 dan ortiq zilzila qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti, hududiy Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlari tomonidan muntazam ravishda aholi va mutaxassislar o‘rtasida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring