Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV BAA hududiy suvlaridagi provokatsiyani keskin qoraladi

O‘zbekiston TIV BAA hududiy suvlaridagi provokatsiyani keskin qoraladi

Foto: «Reuters»

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi 2019-yil 12-may kuni O‘mon ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoralaydi.

Bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi. Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarni oldini olish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqiradi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta’minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi.

Eslatib o‘tamiz, BAA hududiy suvlarida, Fujeyra porti yaqinida to‘rtta savdo kemasiga zarar yetkazilgan. BAA tashqi ishlar vazirligi tomonidan xabar qilinishicha, hodisa natijasida hech kim zarar ko‘rmagan. Shu bilan birga tabiatga ham zarar yetmagan, kemalardan dengizga xavfli suyuqlik yoki yoqilg‘i oqib tushmagan.

Ayni vaqtda surishtiruv ishlari davom etmoqda. BAA tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatning e’tiborini ushbu holatga qaratib, bundan keyin ham kemalarga zarar yetkazilmasligi uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring