Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Germaniya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Germaniya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi mutaxassislari Germaniyaning Gannover shahrida bo‘lib, «Bundessortenamt» qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash federal markaziga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida amalga oshirildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Tashrif davomida «Bundessortenamt» qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash federal markazi prezidenti Udo fon Kryoxer qishloq xo‘jaligi navlari, ya’ni xo‘jalik belgilarini baholash – (VCU), qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini huquqiy himoya qilish (DUS) sinovlarini olib borish yuzasidan amaliy tajribalar almashdi.

Tashrif davomida mutaxassislar Magdeburg nav sinash stansiyasida bo‘lishdi. Mazkur stansiya 60 gektar maydonga ega bo‘lib, bu yerda qariyb 1500 ga yaqin yangi ekin navlari yuqori texnika va texnologiyalar orkali Bundessortenamt qo‘llanmasi asosida sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Germaniyada barcha kishlok xujalik ekinlari navlari majburiy sinovdan 22 ta nav sinash stansiyalarida o‘tkazilib, undan keyingina navlar sinov natijasiga asosan milliy ro‘yxatga kiritiladi xamda ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha tartib o‘rnatilgan.

Shu bilan birga nav sinash ishlariga Davlat tomonidan yiliga 22 mln yevro ajratiladi va budjet tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi. Sinov ishlari pullik xizmat asosida amalga oshirilishi xamda ushbu tashkilot Germaniya qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘rni juda katta ekanligi malum bo‘ldi.

– Ushbu tashrif natijasida O‘zbekiston-Germaniya qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasida ikki tomonlama hamkorlikka oid memorandum imzolanishiga va Germaniyaning ilgor tajribasini urganish kelishib olindi, deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazi direktori o‘rinbosari Mirjamshid Murtalibov. – Shuningdek, hamkorlikda ikki mamlakat iqlimiga mos yuqori hosilli, sifatli navlarni joriy kilish hamda bu borada mutaxassislarning tajriba almashishi rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga Germaniya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligining Milliy va xalqaro darajali muvofiqlashtirish markazi koordinatori doktor Stefan Xaffke sohaga oid hamkorlik aloqalariga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvarda Berlinda O‘zbekiston-Germaniya iqlimiga mos yuqori hosilli, sifatli navlarni joriy kilish hamda bu borada ikki mamlakat tajribasini qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda ilk hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring