Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Janubiy Koreya adliya vazirliklari hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya adliya vazirliklari hamkorlik qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va Koreya intellektual mulk idorasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning joriy yil 18-21 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat prezidentlari, hukumatlari va vazirliklari o‘rtasida strategik sheriklik, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish, tinchlik maqsadlarida koinot tadqiqotlarini o‘tkazish, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar, hamda huquq va adliya sohalarida hamkorlik qilishga oid hujjatlar imzolandi.

Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va Koreya intellektual mulk idorasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Protokolga imzo chekdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – intellektual mulk huquqini himoya qilish masalalarida tajriba va axborot almashish hamda tomonlarning yuridik kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli va qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilish orqali ikkitomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishdir.

Eslatib o‘tamiz, Protokol 2017 yil 23 noyabrda har ikkala davlatlarning Adliya vazirliklari o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumining samarali amalga oshirilgani munosabat bilan imzolandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring