Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligida yangi kompaniya tuzildi

O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligida yangi kompaniya tuzildi

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchixonasi ko‘magida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamda «ORIYENBANK» OAJ hamkorligida «ORIYEN-UZAGRO» kompaniyasi tuzildi.

Ushbu kompaniya «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tarkibidagi tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlari va detallardan Tojikistonda qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalarini yig‘uvchi va ishlab chiqaruvchi yangi zavodning qurilishi bilan shug‘ullanadi.

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, «ORIYEN-UZAGRO» kompaniyasi 2019 yilning 11 fevral kuni Tojikiston hukumati huzuridagi soliq qo‘mitasi ro‘yxatidan o‘tdi.

Kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tganligi munosabati bilan 2019 yilning 14 fevral kuni O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Ergash Shoismatov, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ vakillari hamda  «ORIYENINVEST» MChJ bosh direktori S.Valiyev va boshqalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring