Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 81 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 81 yoshida vafot etdi

Foto: «natlib.uz»

O‘zbekiston san’at va madaniyat sohasi og‘ir judolikka uchradi. Taniqli san’atkor, iste’dodli aktyor, komik rollar ustasi Husan Sharipov bugun, 26-iyun kuni 81 yoshida vafot etdi.

Husan Sharipov 1937-yilning 27-iyulida Toshkentda tavallud topgan.

1963-yili Toshkent davlat teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. 1959-1991-yillarda Muqimiy teatri aktyori, 1986-1987-yillarda mazkur teatr direktori bo‘lib ishlagan. 1995-1997-yillarda esa O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Husan Sharipov teatr, kino va TVda ijro etgan yuzlab rollari bilan xalqqa tanilgan. Jumladan, «Vodillik kelin», «Suyunchi», «Bomba», «Tangalik bolalar», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Chinor ostidagi duel» filmlaridagi qahramonlari bilan tanilgan. Husan Sharipovni, ayniqsa, «Televizion miniatyuralar teatri» mashhurlik cho‘qqisiga chiqargan.

1991-yildan e’tiboran O‘zbekiston xalq artisti. 1999-yili «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Husan Sharipovning yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring