Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev vafot etdi

O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev vafot etdi

Foto: Instagram/@manzura_singer

O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev 8-iyul kuni, 85 yoshda vafot etdi. Bu haqda rassomning qizi, xonanda Manzuraning hamkasbi Iroda  Dilrozning «Instagram»dagi sahifasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.

O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev o‘zbek milliy rang tasvir san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U bebaho durdona asarlar muallifi edi.

Muborak Yo‘ldoshev so‘nggi marta 2017-yilning 16-mart kuni I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida «Dostonlar himoyachisi» deb nomlangan tasviriy san’at namunalari ko‘rgazmasini o‘tkazgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring