Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 2025-yilda to‘qimachilik mahsuloti eksporti 7 milliard dollarga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yilda to‘qimachilik mahsuloti eksporti 7 milliard dollarga yetkaziladi

Foto:«Yengilsanoat.uz»

2019-yilning 15-fevral kuni Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida «Adliya axboroti» nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi.

Dastlab soha mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Soha mutaxassislarini ta’kidlanishicha, ushbu hujjat bilan, 2019-yil 1-apreldan 2019-2021-yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini to‘lash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:

-milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida;

-xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;

-nol stavkasini qo‘llagan holda vujudga kelgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e’tiboran 7 ish kuni davomida soliq to‘lovchiga qaytariladi; birja savdolari orqali paxta tolasini sotib olishda qat’iy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi.

-2019-yil hosilidan paxtani sotib olishda qo‘shilgan qiymat solig‘i amaldagi sotish narxidan kelib chiqib hisoblanadi.

2025 yilga qadar to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 7 mlrd. AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutuvchi «2019-2025-yillar davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasi» ishlab chiqiladi.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali yaratiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini korxonalarga qaytarish to‘g‘risida taqdim qilgan arizalarini qabul qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan dastur ishlab chiqiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring