Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer bilan.

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil 21-may kuni «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida barqaror rivojlanish maqsadlaridan biri — gender tenglik va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, ya’ni ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash masalalariga erishish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mamlakatimizda birinchi marotaba o‘tkazilgan muloqotda Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot Dasturining «Davlat boshqaruvida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish» birgalikda amalga oshirilayotgan loyihasi doirasida tayyorlangan «Iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional o‘zgarishlarni tezlashtirish maqsadida ayollarning davlat boshqaruvchidagi ishtiroki» deb nomlangan tahliliy qaydnoma muhokama qilindi.

Foto: «Xabar.uz»

Barqaror rivojlanish maqsadiga erishish bo‘yicha muloqot 2030 yilgacha bo‘lgan kun tartibiga erishishni tezlashtirish uchun muhokama, fikr almashish va o‘zgarishlar haqida chuqur tushuncha va tavsiyalar shakllantirish maqsadida platforma yaratish uchun mo‘ljallangan. Muloqot rivojlanish masalalari bo‘yicha fikr almashish uchun hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlar va diplomatik korpus vakillarini birlashtirdi.

O‘zbekistondagi BMT doimiy koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer o‘z nutqida jumladan shunday dedi:

— Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha muqolotni ochishdan xursandman. Ushbu tadbir siyosatchilar uchun fikr, tajriba va g‘oyalar bilan almashish, biz uchun esa - birgalikda mavjud muammolarni hal qilish ustida ishlash imkonini beradi. Gender tenglik, ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy taraqqiyot va biznes samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboeva «xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri» ekanligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi tubdan isloh qilinmoqda, aholi farovonligini oshirishga, xalqaro darajada mamlakatimiz ishonchni mustahkamlashga, mamlakat va jamiyatning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan malakali kadrlar jalb qilinmoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, siyosiy tajribaga ega ayollarni tayinlash mexanizmi mavjud emas. Mazkur yo‘nalishda yuqori qonunchilik organlariga bo‘ladigan saylovlarda 30 foizlik kvotani yutib olish uchun qo‘mita tomonidan katta ishlar amalga oshirilishi zarur. Bu borada qo‘mita va siyosiy partiyalar o‘rtasida birgalikda ish olib borilmasligini ta’kidlash joiz. Bu uchun zarur sharoit yaratib turli sohalarda band bo‘lgan ayollarning salohiyatini oshirish lozim. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etish uchun yuqori malakaga ega ayollarni tayyorlash lozim. O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi BMTning bir qator agentliklari bilan birgalikda ayollarning ijtimoiy siyosiy hayotidagi faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishni qo‘llab quvvatlaydi.

Foto: «Xabar.uz»

Tizimli islohotlarning hozirgi bosqichi «davlat boshqaruvidagi ayollar» omili O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi omil bo‘lishi mumkin. Bu ijro etuvchi hokimiyat tizimida ayollarning sonini 5,3 foizdan 16-18 foizgacha oshirish uchun ayollarni jalb qilish uchun samarali ijtimoiy tadbirlar kerak. Shu bilan birga, ishlab chiqarish sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 9,1 foizdan 20 foizgacha oshirish orqali iqtisodiyotni sanoatlashtirish darajasini chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Ayollarni oliy ma’lumotga ega bo‘lish darajasini oshirish va xotin-qizlar uchun moslashuvchan ta’lim tizimini yaratish, ijro etuvchi hokimiyatda xotin-qizlarni jalb qilish va targ‘ib qilish samaradorligini oshirish tavsiya etildi. Tavsiya sifatida, shuningdek, ayollar tadbirkorligini, kasanachilikni va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmni joriy etish taklif etildi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligida alohida xotin-qizlar bo‘linmalarini yaratish va ayollarning yo‘l-patrul va sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish taklif etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Taqdimot yakunlari asosida ishtirokchilar o‘rtasida muloqot o‘tkazilib, unda tadqiqot natijalari va xulosalari, shuningdek, mamlakat hayotining turli sohalarida ayollarning rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring