Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi marotaba: «Mobicon 2018» doirasida 5G tarmog‘ining ommaviy sinovlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda birinchi marotaba: «Mobicon 2018» doirasida 5G tarmog‘ining ommaviy sinovlari o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

11-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan «Mobicon 2018» konferensiyasi doirasida mobil aloqaning beshinchi avlod (5G) tarmog‘i ilk bor ommaviy sinovi o‘tkaziladi. 5G avvalgi texnologiyalar bilan taqqoslanganda, yangi aloqa standarti M2M va IoT talablarga javob bergan holda ma’lumotlar uzatish tezligini yuzlab Mbit/soniyaga oshirish va bir vaqtda bir necha million qurilmalar uchun tezlikni ta’minlash imkonini beradi. Sinov «Beeline Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan «Huawei» uskunalarida o‘tkaziladi.

Konferensiyaga keluvchi har bir ishtirokchi O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida tijoriy yo‘lga qo‘yiladigan yangi aloqa standartini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega. Hozirda esa abonentlar O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarini qamrab olgan tarmoqning to‘rtinchi avlodidan (4G) foydalanishlari mumkin.

«Mobicon 2018» konferensiyasi, an’analarga sodiq qolgan holda, faqat bir kun — 11-oktyabrda «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tinglovchi sifatida ishtirok etish — bepul.

Taklifnomani qo‘lga kiritish uchun tadbirning rasmiy Telegram-kanalida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Konferensiyadan uch kun avval Telegram-kanalning barcha a’zolariga elektron taklifnoma jo‘natiladi. Mazkur taklifnoma bilan konferensiya o‘tkazilayotgan binoga kirish mumkin.

Tadbir tashkilotchisi — «Ledokol Group» media agentligi. «Ledokol Group», «Mobicon»dan tashqari, 2011 yildan «USENET» internet-konferensiyasi tashkilotchisi hisoblanadi.

Konferensiyaning bosh homiysi — «Beeline Uzbekistan». Bosh axborot hamkori — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK).

Anjuman homiylari: «CLICK» elektron to‘lov tizimi, «MacCoffee» savdo belgisidan «Cafe’ PHO» hamda rasmiy mobil homiy — «MEIZU» kompaniyasi. Shuningdek, tadbirning IT-homiysi «WebNow», Event-ko‘mak — «Unique Present», SMM-hamkor — «Africa» agentligi.
Bu yilgi konferensiya ham bir paytning o‘zida ikkita anjuman zalida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli spikerlarni tanlab, ularni eshitish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring