Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda dunyo muzeylarida saqlanayotgan madaniy qadriyatlarimiz haqidagi 20 ta kitob nashr etiladi

O‘zbekistonda dunyo muzeylarida saqlanayotgan madaniy qadriyatlarimiz haqidagi 20 ta kitob nashr etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun 16-mart kuni Toshkentda «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida 2018» loyihasi doirasida «Yo‘l xaritasi» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Loyiha 12 yo‘nalishda amalga oshirilib, uning tadbirlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Chexiya, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan va madaniyat sohasidagi tashabbuslari keng jamoatchilikning e’tiborini tortmoqda. O‘zbekistonning madaniy merosini saqlab qolish va ko‘paytirish masalalari bo‘yicha mahalliy ilmiy xodimlar va xorijiy mutaxassislar jalb etilgan. «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» loyihasi ushbu sohadagi hamkorlikning yorqin namunasidir.

Foto: «Xabar.uz»

Mazkur loyiha dunyo muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haqida mamlakat aholisini, xususan, yoshlar bilan keng jamoatchilikni o‘zbek xalqining bebaho ma’naviy boyligi bilan tanishtirish, o‘zbek zaminida dunyoga kelgan buyuk olimlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini chuqur o‘rganish, dunyo muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosi kolleksiyalarining to‘liq ma’lumot bazasini yaratish imkonini beradi.

Loyiha doirasida 2017-yilda katta ishlar amalga oshirildi. Chet el muzeylarida va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan artefaktlar haqida ma’lumotlar to‘plash uchun larda 30 dan ortiq ilmiy safarlar tashkil etildi.

Rossiya Federatsiyasi saqlanayotgan mamlakatimiz moddiy va badiiy madaniyatining xotirasiga bag‘ishlangan 10 ta kitob-albom chop etildi, mazkur ishni amalga oshirishda turli mamlakatlardan 50 dan ortiq olimlar ishtirok etishdi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari instituti kolleksiyasidan «Kattalangar Qur’oni», «Husayn Boyqaro Devoni», «Temur Tuzuklari», «Ravzat-as-Safo», «Merojnoma» kabi o‘rta asrlarga tegishli  qo‘lyozmalarining beshta yagona nusxalari ko‘chirilib, davlat tashkilotlariga tuhfa qilindi. Loyiha ijodiy guruhi 16 ta hujjatli filmni suratga oldi.

2018-yilga mo‘ljallangan rejalar yanada ulkan va keng miqyoslidir. Bugun ular haqida loyiha rahbariyati batafsil ma’lumot beradi.

O‘zbekistonda, shu jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Chexiya, Fransiya va Yaponiya muzeylarida saqlanayotgan madaniy qadriyatlarimiz haqidagi 20 ta kitob albomni nashr qilish rejalashtirilgan.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonning xorijiy muzeylarda saqlanayotgan tarixiy-madaniy merosi haqida 20 ta film suratga olinadi. Shu jumladan Sharq allomalarining jahon sivilitsiyasiga qo‘shgan hissasi haqidagi 5 ta film xorij studiyalari bilan hamkorlikda yaratiladi.

Alisher Navoiyning, Abu Ali ibn Sinoning Britaniya, Fransiya, Rossiya milliy kutubxonalarida va dunyoning turli muzeylarida saqlanayotgan qo‘lyozamalari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi, ularning faksimil nusxalari yaratiladi.

Mahalliy va chet ellik olimlar ishtirokida xorij muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haqidagi ilmiy maqolalar tayyorlanmoqda.

2018-yilning 6-8-iyun kunlari Sankt-Peterburgda «O‘zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘prik» media loyihasining Ikkinchi xalqaro kongressi o‘z ishini boshlaydi. Unda 40 ta mamlakatning 300 nafardan ortiq olim va tadqiqotchilari ishtirok etadi.

O‘zbekistonning chet el elchixonalarida, mazkur mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarida, O‘zbekiston madaniy merosining dunyo muzeylaridagi to‘plamiga bag‘ishlangan davra suhbatlari va albomlarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

«O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» media loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda 10 mingta sovg‘a-kitoblar va 10 000 nusxa hujjatli filmlar, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining taniqli vakillariga, xorijiy va milliy kutubxonalarga, ta’lim muassasalariga, olimlar va tadqiqotchilarga, mamlakatga kelgan xorijiy delegatsiya a’zolariga sovg‘a qilinadi.

Bundan tashqari, o‘zbek madaniyatining jahon madaniyati to‘plamlarida saqlanayotgan bebaho yozma yodgorliklarining 200 ta faksimil nusxasi ilmiy-tadqiqot markazlariga, milliy muzeylarga, xorijiy delegatsiya vakillariga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyiha doirasida suratga olingan videofilmlar mahalliy va xorijiy telekanallarda efirga uzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring