Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ham «ZoodMall» elektron onlayn maydonchasi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ham «ZoodMall» elektron onlayn maydonchasi ishga tushiriladi

«ZoodMall» elektron onlayn maydonchasi.

Foto: «ZoodMall»

Shu yilning 8-fevral kuni «O‘zbekiston pochtasi» AJ va ZOODEL kompaniyasi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Hamkorlik bitimiga «O‘zbekiston pochtasi»  AJ bosh direktori Sh.Atamuhamedov va hamda ZOODEL kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha bosh direktori S.Muhamedaliyev imzo chekishdi. Foto: «Xabar.uz»

Memorandumdan maqsad O‘zbekistonda biznes raqobatbardoshligini yanada oshirish, xalqaro bozorlarga chiqishda ko‘maklashish, «Ipak yo‘li» mamlakatlari bilan tijoriy aloqalarni rivojlantirish va ko‘ptomonlama savdo hajmini ko‘paytirishdir.

O‘zbekistonda 2018-yili yangi «ZoodMall» elektron onlayn maydonchasini ishga tushirish rejalashtirilgan, u ishlab chiqaruvchi-kompaniyalar, dilerlar, O‘zbekiston va xalqaro savdo belgilari vakillariga o‘z mahsulotlarini vositachilarsiz sotish imkonini beradi.

Bu borada ZOODEL va  «O‘zbekiston pochtasi» AJ sotuvchi va ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini yanada qulay usulda eksport qilish imkonini beruvchi yechimni taklif etishmoqda. Ya’ni:

  • tovarlarni «ZoodMall» saytiga mobil ilova orqali joylashtirish;
  • «ZoodMall» saytiga joylashtirilgan tovarlarni xalqaro V2S maydonchalar (eBay, AliExpress, Lazada, Cdiscount va boshqalar) orqali ilgari surish.

Bu o‘zbek mahsulotlariga kuniga yuz millionlab xaridorlarni jalb etish imkonini beradi. Mazkur dasturda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarni ro‘yxatdan bepul o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

«ZoodMall» mobil ilovasi o‘zbekistonlik tadbirkorlarga xalqaro bozorda onlayn savdo yuritish imkonini beradi. Bu 300 milliondan ziyod potensial xaridor bor degani. O‘zbekistonlik iste’molchilarga bir milliondan ortiq tovarlarni milliy operator orqali eng maqbul narxlarda olish imkoniyati yaratiladi», — dedi S.Muhamedaliyev.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ bu kabi zamonaviy pochta xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor va umid qilamizki, hamkorligimiz tez orada o‘z ijobiy natijalarini beradi», — dedi Sh.Atamuhamedov.

Nufuzli «Accenture Consulting» kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, xalqaro onlayn xaridni oshirayotganlar soni 2020-yili 900 million nafarga yetadi. Ularning V2S bozoridagi global bitimlardagi ulushi qariyb 30 foizni tashkil etadi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ va ZOODEL kompaniyasi hamkorligi O‘zbekistonda elektron tijorat va pochta xizmatlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring