Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash qanday kechmoqda?

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash qanday kechmoqda?

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

2019 yil 23 may kuni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi monitoringi 4-raund natijalari yuzasidan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘i doirasida O‘zbekistonga takroriy tashrifi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oliy sud, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyatining institutlari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek halqaro tashkilotlar va diplomatik birlashmalar vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyada Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tarmog‘i Kotibiyati T.Xavanska va bevosita O‘zbekistonni 4-raund monitoringida ishtirok etgan 3 nafar ekspertlar Y.Vasiliauskayte, M.Kalugin va I.Sakadze qatnashdi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Kotibiyati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning Istanbul harakatlar rejasining monitoringi 4-raundi doirasida O‘zbekiston bo‘yicha hisoboti Tarmoqning 2019 yil 21 martdagi yalpi majlisida qabul qilinganligi va O‘zbekistonga takroriy tashrif hisobotni taqdimot qilish, uning tavsiyalarini kelgusida bajarish bo‘yicha muhokama qilish maqsadida tashkil qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.

Hisobotda O‘zbekistonning 3-raund monitoringi yakuni bo‘yicha tavsiyalarining bajarilishi va korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish tahlili qayd etilgan. Monitoring jarayonida asosiy e’tibor korrupsiyaga qarshi kurashishga oid siyosat, korrupsiyani oldini olish va korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortishga qaratilgan. Ilk marotaba hisobotda soliq sohasidagi korrupsiya xavflarining chuqur tadqiqotlari ham kiritilgan.

Tadbir jarayonida ekspertlar tomonidan mamlakat rahbariyatining korrupsiyani yo‘q qilish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalaridagi ochiq siyosiy irodasi va «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan prinsip asosida mutloqa yangi tizimli korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarini boshlash qayd etildi.

Islohotlar natijasida O‘zbekiston barcha tavsiyalar bo‘yicha amaliy tadbirlarni bajarilishi yuzasidan ijobiy natijaga erishdi. Xususan, monitoring natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston barcha tavsiyalar bo‘yicha progress mavjudligi reytingiga erishdi, shundan 3 ta tavsiyalar bo‘yicha to‘liq bajarilishi, 8 tasining deyarli bajarilishi, 10 tasining qisman bajarilishi qayd etildi.

Konferensiya jarayonida hisobotning har bir qismiga oid xulosalar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati va ishchi doiralarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi tavsiyalarni bajarilishi yo‘nalishidagi harakatlari muhokama qilindi.

Konferensiya natijasiga ko‘ra, Istanbul Harakatlar rejasining davlat va xususiy sektorlar hamda fuqarolik jamiyatlar institutlari uchun berilgan yangi tavsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring