Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda protez ishlab chiqarishda xalqaro standartlar joriy etiladi

O‘zbekistonda protez ishlab chiqarishda xalqaro standartlar joriy etiladi

Foto: «Publika.md»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20-iyun kuni «Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, quyidagilar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

— tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya choralarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishning zamonaviy uslublarini joriy etish orqali aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish bo‘yicha ularning imkoniyatlarini kengaytirish;

— tibbiy-ijtimoiy muassasalar va o‘quv-mehnat ustaxonalarini zamonaviy diagnostika qilish, davolash, sport uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlash;

— mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining sifatini yaxshilash hamda ularning turlarini kengaytirish;

— protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan kuchli ilmiy hamda metodologik bazani yaratish;

— tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

— protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishning xalqaro standartlarini keng joriy etish.

2021-yil 1-yanvarga qadar muddatga korxonalar bo‘shayotgan mablag‘larni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishga, shuningdek, korxonaning protezchi mutaxassislarini o‘qitish (tayyorlash, qayta tayyorlash) va malakasini oshirishga maqsadli yo‘naltirgan holda, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining ishlab chiqarilgan hajmi bo‘yicha yagona soliq to‘lovi va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) ozod qilinadi.

Shuningdek, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, instrumentlar va priborlar, kompyuter hamda diagnostika uskunalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi.

Ikki oy muddatda:

— mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari turlarini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash masalalarini o‘rganadi, shuningdek, loyihalarning keyinchalik respublikada, jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

— protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy korxonalarni, chet el investitsiyalarini, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat jamg‘armalari va tashkilotlarining grantlari, kreditlari hamda maqsadli mablag‘lari jalb qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligiga mazkur band bilan yuklatilgan vazifalarni bajarishda to‘liq ko‘maklashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring