Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda test sinovlari muddatidan oldin yakuniga yetdi

O‘zbekistonda test sinovlari muddatidan oldin yakuniga yetdi

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘n uchinchi kuni — 13-avgustda o‘tkazildi va to‘liq yakunlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar berdi.

Test sinovlarining o‘n uchinchi kuni Surxondaryo viloyatidagi 1 ta muassasasida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boshlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:30 ga qadar to‘liq yakunlandi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan 8 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi. Barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi hamda test sinovlari o‘tadigan hududlarda tez yordam mashinalari tashkil etildi.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilingan holda u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borildi.

Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ilk bor test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritildi.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi.

Surxondaryo viloyatidagi 1 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 199 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Surxondaryo viloyatidagi test sinovlari o‘tgan barcha hududlarda jamoat va yong‘in xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va dahlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz ishlashi, tibbiy xizmat va inshootlarni qo‘riqlash to‘liq ta’minlandi.

Test sinovlarida 1 ta oliy ta’lim muassasalarining 5 ta ta’lim yo‘nalishida 1 ming 355 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 17 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test natijalari Surxondaryo viloyatidan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 23.00da yetib keladi.

Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Davlat test markazining xodimlari tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini ta’minlagan holda test materiallarini qayta ishlaydi.

13-avgust test natijalari 14-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

Bugun, 13-avgust kuni respublikadagi barcha 60 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 19 ta filialida test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan oshirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot 2018-yil 15-avgustda Davlat test markazining dtm.uz va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining edu.uz saytlarida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring