Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda turistlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun «Call-markaz» tashkil etiladi

O‘zbekistonda turistlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun «Call-markaz» tashkil etiladi

«Call-markaz» faoliyati autsorsing shartlari asosida tashkil etiladi.

Foto: «Ekburg»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar qilgan edik. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.

Ushbu qarorga ko‘ra, 2018-yil 1-martgacha turistlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun yagona qisqa umumrespublika telefon raqamiga ega bo‘lgan «Call-markaz» faoliyati autsorsing shartlari asosida tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar birgalikda Call-markazga murojaat qilgan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatish masalalarida idoralararo o‘zaro hamkorlikni ta’minlashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Сall-markazi faoliyat yuritishi bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring