Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovaning jiyaniga tegishli yirik ko‘chmas mulk sotuvga qo‘yildi

Gulnora Karimovaning jiyaniga tegishli yirik ko‘chmas mulk sotuvga qo‘yildi

«E-IJRO AUKSION» elektron auksion savdo maydonchasida sud tomonidan xatlangan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘idagi noturar ko‘chmas mulk ob’yekti bog‘i (1066 ta mevali daraxt, 3 ta bostirma va h.k ) ochiq auksionga qo‘yildi.

Umumiy maydoni 4,5 ga. bo‘lgan noturar ob’yektning boshlang‘ich bahosi 8 237 126 532.00 so‘mni tashkil etadi.

«O‘zA»ning yozishicha, ayrim manbalarda ushbu yirik ob’yekt Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli ekanligi aytiladi. Akbar Abdullayev bir necha yillar davomida Farg‘ona viloyatida joylashgan yirik sanoat inshootlarini nazorat qilib kelgani ma’lum. Ular orasida Farg‘ona neftni qayta ishlash va Quvasoy sement zavodlari ham bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring