Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi ommabop futbol sayti yangi dizaynga o‘tdi

O‘zbekistondagi ommabop futbol sayti yangi dizaynga o‘tdi

Kuni kecha qariyb 12 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan va o‘zbek sport jurnalistikasiga o‘zining kamtarona xizmatini qo‘shayotgan «UFF.uz» sayti o‘zining yangi versiyasini joriy qilib, sayt dizaynini yangiladi.

«Mamakatimizda birinchi bo‘lib o‘zbek futbolchiligini yoritib chiqqan, minglab muxlislariga ega bo‘lgan, ularni birlashtirgan «UFF.uz» sayti bugundan boshlab yangi dizaynda faoliyatini davom ettiradi.

Zamon shiddat bilan o‘zgarib ketayotgan bir paytda, eski uslublar va texnologiyalar talabga javob bermay qolishi turgan gap. Chunki dunyo o‘zgarmoqda, odamlar o‘zgarmoqda, internet tezligi o‘zgarmoqda, axborot hajmi o‘zgarmoqda.

O‘zbekistonda futbolni rivojiga hissa qo‘shish, muxlislar va futbol mutasaddilari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarish, tezkor va eksklyuziv xabarlarni berib borish, katta futbol musobaqalarini joyning o‘zidan turib yoritish, futbolimizdagi og‘riqli joylarni profesional tarzda ochib berish, davlatimiz rahbarining sport, jumladan futbolni rivoji yo‘lida qilayotgan say’-harakatlarini ommaga yetkazish maqsadida yangi versiyani yaratishga qaror qildik», — deyiladi veb-sayt xabarida.

Darvoqe, UFF.uz sayti vakili xalqaro FIFA tashkiloti tomonidan shu yil yozda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishlash huquqini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring